YANGILIKLAR

Voqealardan xabardor bo'ling!

O'zbekistonda san'at turlari orasida dublyaj san'atining o'ziga xos o'rni mavjud. Ushbu faoliyat turining mavqeini oshirishda hamda tomoshabinlarga sifatli va tomoshabop media mahsulotlarni tayyorlashda ko'plab dublyaj ustalari doimiy ravishda tinimsiz izlanishmoqda, mehnat qilishmoqda. Xususan, telekanalimiz premyerasi arafasida dublyaj ustalari o'z mahoratini namoyish etmoqda. Bunga Melnitsa studiyasining multfilmlari misol bo'la oladi. O'zbekistonning sevimli va taniqli aktyor va aktrisalari multfilmlarning dublyajida ishtirok etishdi. Bulardan:
Shahlo Temirova
Abdulhay Ataxo'jayev
Barno Qodirova
Elbek Mirzohidov
Mirzabek Xolmedov
Farhod Abdullayev
Dilnoza Kubayeva va boshqalar.