YANGILIKLAR

Voqealardan xabardor bo'ling!

Yangi mavsumda “Aqlvoy” telekanalida 80 dan ortiq premyera multfilm va animatsion seriallar namoyish etiladi.
“Aqlvoy” telekanalida kuz faslida kichik va qiziquvchan tomoshabinlarimiz uchun yanada qiziqarli va tarbiyaviy ma'lumot beruvchi multfilmlar namoyish etiladi.

 

Simka va Nolik sizni turli xil qurilmalar va gadjetlarning sehrli olamiga olib boradi, shu bilan birga ular sizga xavfsizlik texnikasini o‘rgatadi. “Do’mboqchalar”, “Yenotchalar”, “Monkart”, “Prostokvashino”, “Parichalar” va boshqalar animatsion serial qahramonlari ko‘plab ibratli hikoyalar aytib berishadi, sog‘lom turmush tarzi, mehnat, ijodkorlik, kasb tanlash, fan va insoniy munosabatlar haqida foydali ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadilar. Shunday ekan, sevimli qahramonlaringizning sarguzashtlarini Aqlvoy telekanalida kuzatib boring.