YANGILIKLAR

Voqealardan xabardor bo'ling!

Sentyabr oyidayoq AQLVOY telekanali tomoshabinlari Elmo, Grover, Ebbi va Korjik bilan birgalikda Sezam ko'chasining ajoyib olamiga kirib, ko'plab qiziqarli sarguzashtlarni boshdan kechiradilar, hamda tabiatshunoslik, matematika va hatto pazandachilikda unutilmas kashfiyotlar qilishadi.

Elmo, Abby va boshqa qahramonlar kimlar? Bular dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida moslashtirilgan va namoyish etilgan mashhur Sezam ko’chasi (Sesame Street) franshizasining kulgili qahramonlari. MDO koʻmagida Sezam koʻchasi hozir Oʻzbekistonda!. Yoki Sezam mahallasi to'g'rimi? Yangi qahramonlar bilan yangi mavsumni o'tkazib yubormang.