Nega nonushta foydali? Ko'chada o'zini qanday tutish kerak? Qanday kasblar bor va ular nima uchun muhim?
"Eli va Bob" dasturining qahramonlari bu va boshqa ko'p savollarga javob berishadi. Ushbu loyiha maktab yoshigacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashga qaratilgan.
Shuningdek, bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi va o'z fikrlarini erkin bayon etishga yo’naltiradi.
Bu dastur uchun maxsus ishlab chiqilgan, qo'g'irchoq qahramonlar- dono boyo'g'li va olmaxonlar turli savollarga javob berishadi.
Masalan, nonushta nima uchun foydali, bayram va ko'chada o'zini qanday tutish kerak, liftdan qanday foydalanish kerak,qanday kasblar bor va boshqalar.
Tasvirga olish jarayonlari qanday o'tganini ko'rmoqchimisiz?)
"Kadr orti" sahifasini tomosha qiling.
"Bob va Eli" dasturi nafaqat bolalar, balki ota-onalar uchun ham foydali))
"Ota-onalar uchun tavsiyalar" sahifasini e'tiboringizga havola qilamiz.