BIZ HAQIMIZDA

Kanalning asosiy shiori – Bu sening vaqting!! Kashfiyotlar vaqti, mo’jizalar vaqti, yangi narsalarni o'rganish vaqti. Buning uchun kanal Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa ko'plab mamlakatlarda mashhur jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion serial va dasturlarni namoyish etadi. Hozirgi vaqtda Aqlvoy bolalar telekanali Viacom, Sony va Melnitsa animatsion studiyalari o'rtasida rasmiy litsenziya shartnomasi imzolangan va Disney, Universal kabi yirik kinokompaniyalar bilan animatsiya paketini sotib olish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Eng muhimi, barcha kontent Litsenziyalangan va rasmiy ravishda sotib olingan.

Dastur turli yoshdagi bolalarning kun tartibiga asoslanadi. Kanal tarmog'iga Maktabgacha ta'lim vazirligining (MTA) so'nggi uslubiy ishlanmalarini hisobga olgan holda tayyorlangan,o'z ishlab chiqarish dasturlari kiradi, masalan:

«Bilasanmi» - bu bolalarga tabiat hodisalari, hayvonot olami, o'simliklar, fasllar, Yer qanday paydo bo'lganligi, dinozavrlar va boshqalar haqida hikoya qiluvchi qiziqarli va ta'limiy dastur.

«Quvnoqvoy» teleko'rsatuvi orqali bolalar zavq va katta xohish bilan jismoniy mashqlarni bajaradilar. Dastur bolalikdan to'g'ri odatlar - jismoniy tarbiya va to'g'ri ovqatlanishni sevishga yordam beradi.

«Bilimdon» bu bolalarga matematika asoslarini o'rgatishga qaratilgan musiqiy ta'lim dasturi. Qiziqarli qo'shiqlar tufayli bolalar sanashni o'rganadilar, vaqt, oy, fasl nima ekanligini tushunadilar.

Основной посыл программы «Eli va Bob» - dasturining asosiy ma’nosi shundaki, bu loyiha maktab yoshigacha bo’lgan bolalarni tarbiyalash, shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va bolalarda o'z fikrini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu noyob dastur uchun maxsus tayyorlangan qo'g'irchoq qahramonlari - dono boyo'g'li va olmaxonlar bolalarda paydo bo'ladigan turli savollarga javob beradi. Masalan, nonushta nima uchun foydali, mehmonda yoki ko'chada o'zini qanday tutish kerak, liftdan qanday foydalanish kerak, qanday kasblar bor va boshqalar.