YANGILIKLAR

Voqealardan xabardor bo'ling!

Yangiliklarni siz bilan baham ko'rishga shoshilmoqdamiz. Yangi o‘quv yili va O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Aqlvoy” telekanali hamkori “Play Arena” bilan hamkorlikda karaoke, flesh-mob va turli musobaqalarga boy tadbirlarni tashkil etdi. 

Har bir ishtirokchiga bayram tashkilotchilarining sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, “Aqlvoy” telekanali 25.08.2022-yilda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtgan “ALOHA” yillik Mental arifmetika boʻyicha milliy tanlovida iqtidorli bolalarni qoʻllab-quvvatladi hamda eng faol va iqtidorli bolalarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.