YANGILIKLAR

Voqealardan xabardor bo'ling!

Yangiliklarni siz bilan baham ko'rishga shoshilmoqdamiz. Yangi o‘quv yili va O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Aqlvoy” telekanali hamkori “Play Arena” bilan hamkorlikda karaoke, flesh-mob va turli musobaqalarga boy tadbirlarni tashkil etdi. 

O'zbekistonda san'at turlari orasida dublyaj san'atining o'ziga xos o'rni mavjud. Ushbu faoliyat turining mavqeini oshirishda hamda tomoshabinlarga sifatli va tomoshabop media mahsulotlarni tayyorlashda ko'plab dublyaj ustalari doimiy ravishda tinimsiz izlanishmoqda, mehnat qilishmoqda. Xususan, telekanalimiz premyerasi arafasida dublyaj ustalari o'z mahoratini namoyish etmoqda. Bunga Melnitsa studiyasining multfilmlari misol bo'la oladi. O'zbekistonning sevimli va taniqli aktyor va aktrisalari multfilmlarning dublyajida ishtirok etishdi. Bulardan:
Shahlo Temirova
Abdulhay Ataxo'jayev
Barno Qodirova
Elbek Mirzohidov
Mirzabek Xolmedov
Farhod Abdullayev
Dilnoza Kubayeva va boshqalar.

 

 O'zbekiston telebozori bugungi kunda jadal rivojlanmoqda va kundan-kunga tomoshabinga turli hil telemahsulotlar taqdim etilmoqda. Mart oyida eng talabchan tomoshabin bolalari uchun “Aqlvoy” ma’rifiy-ko‘ngilochar telekanalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 27-oktabr kuni loyiha jamoasi yetakchi reklama agentliklari, ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, biznes sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, kanalning o‘tgan olti oydagi hayoti, tomoshabinlarni kutayotgan yangiliklar haqida gapirib berdi.

11-oktabr Yangi mavsumda barchasi yangi! Efirda mashhur dasturlarning premyeralari boshlandi:
"Bilasanmi?"
"Eli va Bob"
"Bilimdon"
"Quvnoqvoy" Har bir dastur bolalarning dunyo haqida bilib olishlariga va yangi kashfiyotlar qilishlariga yordam beradi. Dasturlar Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan birgalikda tayyorlangan.
Page 2 of 2