BOLALIK KUNLARIMDA

Biz bilan tinglang. Yotishdan oldin ertaklar

Aziz bolajonlar! Agar inson to'g'ri yo'lni tutgan va mehr-oqibatli bo'lsa, u barchaning hurmatiga sazovor bo'ladi. Ertagimiz qahramoni To'g 'ri ham xuddi shunday tarbiya olgan yigit. Egri esa uning tamoman teskarisi. O'z xulq-atvori sabab Egri qanday holatga tushganini esa audioertagimizni tinglab bilib olishingiz mumkin.

Aziz bolajonlar! Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir dehqon bor ekan. Bir kuni u dalasida ishlayotgan ekan, bir yarador laylak kelib tushibdi… shundan keyin dehqonning hayoti butkul o'zgarib ketibdi. Qanday qilib, deysizmi? Bunga esa oltin tarvuz sababchi. Oltin tarvuzning karomatini esa audioertagimizni tinglab bilib olasiz.